+44. O‘zbekistonda 78 yoshli onaxon va o‘tgan yili tug‘ilgan go‘dak koronavirusni yengdi

+44. O‘zbekistonda 78 yoshli onaxon va o‘tgan yili tug‘ilgan go‘dak koronavirusni yengdi

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida bir yo‘la 37 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida esa 7 nafar, jami 44 nafar bemor sog‘aydi va reabilitasiyaga kuzatildi. 

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 11 nafari erkak, 26 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 78 yoshli onaxon bo‘lsa, yoshi kichiga esa 2019 yil tug‘ilgan chaqaloq. Hududlar kesimida olidagan bo‘lsak, Xorazm viloyatidan 9 nafar, Samarqand viloyatidan 7 nafar, Toshkent va Andijon viloyatlaridan 4 nafardan, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 3 nafardan, Toshkent shahridan 2 nafar, Buxoro, Farg‘ona, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qozog‘iston Respublikasidan 1 nafardan.
 
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi 29 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent viloyatidan 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qirg‘iziston Respublikasidan 1 nafardan.
 
Toshkent shahrida shu paytga qadar 1019 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 1063 nafarga yetdi.
 
Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 2772 nafarga yetdi.
 

Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!