43 yil o‘tgach «Senimi, shoshmay tur!» Zararli deb topilgandi

43 yil o‘tgach «Senimi, shoshmay tur!» Zararli deb topilgandi

O‘z davrining eng mashhur mulfilmining rejissyori V. Kotenochkin o‘z “Bo‘ri”siga Vladimir Visoskiy ovoz berishini istagandi, deb yozadi RBK. Biroq “Soyuzmultfilm”dagilar bunga rad javobini berishadi. Shunday bo‘lsada 1969 yilda ilk bor katta ekrangan chiqarilgan multfilmning birinchi seriyasida Visoskiyning“Do‘st haqida qo‘shig‘i” yangraydi. “Senimi, shoshmay tur!” (“Nu, pogodi!”) tezdayoq mashhur bo‘lib ketdi. Uning videokassetalari xorijda sotila boshladi, har bir seriyasi ingliz, ispan, nemis, chex, sloven va litva tillariga tarjima qilindi. Multfilm asosida kitoblar, diafilmlar, tangalar va kompyuter o‘yinlari chiqarildi. Xullas, bir qarashda u nafaqat bolalar, hatto kattalar uchun ham sevimli multik edi.

2012 yilda Butun rossiya davlat televizion va radioeshittirishlar kompaniyasi (VGTRK) multfilmni faqat tungi soatlarda efirga uzatilishi ma’lum qildi. Oradan 43 yil o‘tgach, “Bo‘ri”ning qiliqlari ahloq me’yorlariga zid, mulfilmning o‘zi esa bolalarni zararli informasiyalardan himoya qilish bo‘yicha federal qonun talablariga mos kelmaydi, deya topildi.

Ha, nafaqat odamlar, balki multfilmlar ham davr zarbalariga uchrab turadi.

Manba: auz. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!