37 yoshli ishbilarmon ayol “Koinot go‘zali” tanlovida g‘olib bo‘ldi (foto)

37 yoshli ishbilarmon ayol “Koinot go‘zali” tanlovida g‘olib bo‘ldi (foto)

O‘ttiz yetti yoshli qozog‘istonlik Leyla Kuljanova Koinot go‘zali mukofotini qo‘lga kiritdi.

Universe Beauty 2019 go‘zalik tanlovi Turkiyada o‘tkazildi.

1-8 may kunlari o‘tkazilgan tanlovda 20 dan ortiq mamlakat ishtirokchilari qatnashdi. Universe Beauty go‘zalik, moda, iste’dod bo‘yicha eng obro‘li festival hisoblanadi. Tanlovda turli davlatlardan xalqaro tanlov g‘oliblari ishtirok etadi. Tanlovning birinchi bosqichida modellar milliy va sport liboslarda ishtirok etishadi.

Yakuniy bosqichda tanlov qatnashchilari kechki liboslarda podiumga chiqishadi.

Leyla Kuljanova Qozog‘iston Xalq bankining Xalik-Life sug‘urta sho‘ba korxonasining direktori, shuningdek, Qozog‘iston ishbilarmon ayollar assosiasiyasining a’zosi hisoblanadi.

Kuljanova ikkita oliy ma’lumotga ega - yuridik va moliya, kandidatlik dissertasiyani himoya qilgan. Ikki nafar farzandi bor.

O‘tgan yili Miss Oila 2018 mukofotini qo‘lga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!