34 yillik qarz: Jizzaxda shifokor qariyb 69 mln. so‘m undirishga muvaffaq bo‘ldi

34 yillik qarz: Jizzaxda shifokor qariyb 69 mln. so‘m undirishga muvaffaq bo‘ldi

O‘zbekiston Kabasa uyushmasi federasiyasi fuqaroga 34 yil davomida foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun pullik kompensasiya to‘lovlarini undirib olishga yordam berdi.

Kasaba uyushmasining saytida ma’lum qilinishicha, X.Qayumov 1978 yildan Jizzax viloyat Patalogioanatomiya byurosining patalogoanatom vrachi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, lekin u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2018 yilda bekor qilinadi. Ammo, tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilishda, oxirgi hisob-kitob qilinayotgan paytda unga foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun pullik kompensasiya to‘lanmaydi.

Qayd etilishicha, fuqaro X.Qayumov o‘z huquqlarini himoya qilishda amaliy yordam so‘rab kasaba uyushmalariga murojaat qiladi. Jizzax viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan fuqaro X.Qayumovning qonuniy haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudiga Jizzax viloyat Patalogoanatomiya byurosiga nisbatan xodimga foydalanilmagan mehnat ta’tilari uchun pullik kompensasiya undirish haqida da’vo arizasi kiritiladi.

Kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida da’vo arizasi qanoatlantirilib, jami foydalanilmagan mehnat ta’tillari 34 yilni tashkil etgani aniqlandi hamda shunga mutanosib ravishda 68 million 941 ming 44 so‘m miqdorida pullik kompensasiya to‘lovlari undirib berilishiga erishildi , - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 151-moddasi 1-qismida mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pullik kompensasiya to‘lanishi belgilangan.

Lekin shunga qaramasdan ayrim ish beruvchilar tomonidan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda foydalanilmagan ta’tillar uchun kompensasiya pullarini oxirgi 3 yil uchun berish hollari mavjud. Bu esa, yuqorida ta’kidlangan Mehnat kodeksining 151-moddasiga ziddir, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!