28 iyun kuni mamlakatimizning ayrim hududlarida 40-45 daraja issiq bo‘ladi
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 28 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 39-41 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 25-30, kunduzi 39-44 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 25-30, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 21-26 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 25-30, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 21-26 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
27-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududida issiq havo saqlanib turadi, xususan:
27-28 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo harorati 42-44 darajagacha;
27-29 iyun kunlari Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 43-45 darajagacha;
27-29 iyun kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida havo harorati 40-42 darajagacha issiq bo‘ladi.
27-29 iyun kunlari respublikasining ayrim joylarida shamolning tezligi chang-bo‘ronlari birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
27 iyun kuni respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi mumkin.