27-28 iyul kunlari ajoyib hodisaga guvoh bo‘lishimiz mumkin

27-28 iyul kunlari ajoyib hodisaga guvoh bo‘lishimiz mumkin

Joriy yil 27-28 iyul kunlari shimoliy qutbga yaqin joylashgan Rossiya, Qozog‘iston va Skandinaviya davlatlari ajoyib tabiat hodisasi – Oyning to‘liq tutilishiga guvoh bo‘lishadi.
Ma’lumotga ko‘ra, Oy tutilishi 104 daqiqa davom etadi. Yer yo‘ldoshi o‘z orbitasi bo‘ylab, g‘arbdan sharqqa qarab harakatlanadi va noma’lum vaqtda Yerning soyasida qolib ketadi. Oy sathiga Quyosh nuri tushmasliga evaziga to‘liq quyosh tutilishi hodisasi kuzatiladi.
Astrofiziklarning ta’kidlashicha, ushbu holatda Yer yo‘ldoshi qizg‘ish tusga kiradi.
Olimlarning fikricha, bu tabiat hodisasi yerliklarga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Faqatgina odamlar ajoyib hodisaga guvoh bo‘lishi mumkin.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!