25 yildan so‘ng yana sahnaga qaytmoqchi bo‘lgan Mohira Asadova madaniyat vaziri bilan uchrashdi

25 yildan so‘ng yana sahnaga qaytmoqchi bo‘lgan Mohira Asadova madaniyat vaziri bilan uchrashdi

90-yillar o‘zbek san’atining yorqin namoyondasi, o‘z davrining mashhur taronalari ijrochisi Mohira Asadova 25 yillik tanaffusdan keyin yana katta sahnalarga qaytishi kutilmoqda. 

Mohira Asadova lisenziyasi bo‘lishiga qaramasdan turli tushunarsiz “qarshiliklar”ga uchrab kelayotgandi. Uzoq yillardan buyon javobsiz savollar ham to‘planib qolgandi. Mana shu masalalarga oydinlik kiritish hamda ijobiy yechim topish maqsadida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xonanda bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda ko‘plab respublika va xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘olibi bo‘lgan Mohira Asadova hozirgi kunda davom etayotgan pandemiya davridan keyin san’at saroylarida jonli konsert berishi hamda ijod faoliyatini davom ettirishi va uni xalqqa namoyish etishida hech qanday to‘sqinliklar bo‘lmasligi aytib o‘tildi.

Mohira Asadova maqom va estrada yo‘nalishida ijod qilib keladi. U 14-15 yoshida katta san’atga qadam qo‘ygan. 20 yoshida, talabalik vaqtida Yunus Rajabiy nomidagi Respublika maqom ijrochilari ko‘rik-tanlovining g‘olibasi bo‘lgan. "Dutorchilar", "Maqomchilar" ansambllarida faoliyat yuritgan. 

Uning estrada janridagi “Shohsanam” (1994 yil), “Muhabbatni chiqargandir chidaganga...” (1999 yil) kabi  qo‘shiqlari o‘z vaqtida ommalashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!