+23. Samarqandda aholi orasidan koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

+23. Samarqandda aholi orasidan koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

2020 yil 30 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3546 (+23) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, 19 nafari Karantin markazidan, jumladan, Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishidagi charter reysi orqali kelgan 14 nafar, 26 may kuni Moskva Toshkent yo‘nalishidagi charter reysi orqali 2 nafar, 26 may kuni Qozog‘iston va xuddi shu kuni Rossiya – Qozog‘iston orqali mamlakatimiz hududiga kirib kelgan yana 3 nafar fuqaroda qayd etildi.

Ayni paytda yurtimizda 2783  (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 749 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!