22 yoshli opa 9 yoshli ukasini tiriklayin ko‘mib yubordi

22 yoshli opa 9 yoshli ukasini tiriklayin ko‘mib yubordi

22 yoshli opa 9 yoshli ukasini telefon simi bilan bo‘g‘ib o‘ldirolamaganidan so‘ng, uni ko‘mishga qaror qildi.

Ushbu dahshatli voqea Bashkiriyada sodir bo‘ldi. Rossiya matbuotining Mash telegram kanaliga tayanib xabar berishicha, qiz ota-onasini rash qilgani ukasidan qutulmoqchi bo‘lib, dahshatli reja tuzgan.

Bir kuni qiz onasiga ukasini kutubxonaga olib borishini, keyin esa o‘rmonda biroz sayr qilishini aytgan. Ona esa ular bilan bir necha soat o‘tgandan so‘ng ham gaplasha olmagach milisiyaga murojaat qildi.

Xayriyatki, bolani qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan va uyiga olib borishgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli qiz aqlan zaif bo‘lib, bundan oldin ham ukasini o‘ldirishga harakat qilgan.

Hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!