2026 yilgi Osiyo o‘yinlarining rasmiy maskoti e’lon qilindi

2026 yilgi Osiyo o‘yinlarining rasmiy maskoti e’lon qilindi

XX Osiyo o‘yinlarining rasmiy maskoti taqdim etildi.

Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Osiyo o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi musobaqa maskotini e’lon qildi. Hozircha uning nomi yo‘q, lekin bu yaqin orada hal qilinishi aytiladi.

"U sportni yaxshi ko‘radi va Osiyo o‘yinlarini ishtiyoq bilan targ‘ib qilishni maqsad qilib qo‘yadi, irq va madaniyatdan tashqarida odamlarni "Bir Osiyoni tasavvur et" shioriga sport va umumiy tinchlik istagi orqali birlashtiradi", deyiladi tashkilot xabarida.

Ma’lumot uchun, XX Osiyo o‘yinlari 2026 yil 19 sentyabr - 4 oktyabr kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!