2019-2022 yillarda O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi

2019-2022 yillarda O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar hamda sportchilar va soha xodimlari uchun yaratib berilayotgan zarur shart-sharoitlar evaziga bugungi kunda yurtimiz sportchilari Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari kabi eng nufuzli xalqaro sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, Vatanimizning kuch-qudratini butun dunyoga namoyish qilmoqdalar.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar hamda sportchilar va soha xodimlari uchun yaratib berilayotgan zarur shart-sharoitlar evaziga bugungi kunda yurtimiz sportchilari Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari kabi eng nufuzli xalqaro sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, Vatanimizning kuch-qudratini butun dunyoga namoyish qilmoqdalar.
 
Davlatimiz tomonidan futbolni ommalashtirish, futbol bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, milliy futbolimizning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda terma jamoamizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar futbol harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qilmoqda.
 
Bugungi kunda jahonda futbolning muttasil rivoj topishi, sportda yangi texnologiyalarning qo‘llanilishi, yangi-yangi rekordlarning o‘rnatilishi va raqobat tobora kuchayib borayotgani milliy futbolimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
 
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, futbolning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida respublikamizda futbolni rivojlantirishda uchrayotgan qator kamchilik va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash zarurati hamda ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish va futbol jamoatchiligi muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan 2019-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.
 
Ushbu strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
 
Futbol sohasining normativ-huquqiy bazasini shakllantirish:
- Respublikamizda futbol sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro talablar va amaldagi qonunchilikka muvofiq yanada takomillashtirish;
 
Futbol sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish:
- O‘FA markaziy boshqaruv apparatining tuzilmasi va shtat birliklarini FIFA talablari asosida tanqidiy o‘rganib chiqqan holda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, O‘FA Ustavini FIFA talablari va milliy qonunchiligimiz asosida qayta ko‘rib chiqish va yangi tahrirda tasdiqlash, O‘FA markaziy boshqaruv apparatining funksional vazifalarini qayta ko‘rib chiqish va boshqaruv apparatida ijro intizomini mustahkamlash;
 
Murabbiylar, hakamlar va futbol sohasidagi boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish:
- Yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda futbol bo‘yicha murabbiylar tayyorlash va malakasini oshirish, malakali murabbiy kadrlarni tayyorlash maqsadida futbol bo‘yicha murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan shaxslar uchun joylarda murabbiylik kurslarini o‘tkazish, FIFA, UYEFA va OFK mutaxassislarini jalb qilgan holda murabbiylik ta’limi bo‘yicha instruktorlarni tayyorlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan kurslarni o‘tkazish; murabbiylarning xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini (stajirovkasini) tashkil etish;
 
- 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari va 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining sifatli va samarali tayyorgarlik ko‘rishini va unda munosib ishtirok etishini ta’minlash;
 
- O‘FA va futbol bo‘yicha milliy terma jamoaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hududlarda bugungi kun talablariga javob beradigan zamonaviy stadionlar infratuzilmasini barpo etish;
 
-Futbol sohasida iste’dodli sportchi yoshlarni tanlab olish (seleksiya) faoliyati samaradorligini oshirish va o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonini sifatli tashkil qilish, bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari faoliyatini rivojlantirish;
 
- Futbol sohasini ilmiy-metodik ta’minlash, sport yo‘nalishidagi yuqori malakali tibbiyot, fiziologiya, diyetologiya va psixologiya xodimlarini shartnoma asosida jalb etgan holda O‘FAning Ilmiy-metodik ta’minlash boshqarmasi qoshida “Futbol terma jamoalarini tayyorlashni ilmiy ta’minlash Markazi”ni tashkil etish, yuqori mahoratli futbolchilarni tayyorlashda zamonaviy texnologiyalarni keng qo‘llagan holda ilmiy yondashish asnosida ishlarni tashkil etish;
 
- O‘zbekiston Professional futbol ligasi musobaqalari saviyasini, imidjini oshirish, O‘zPFL xodimlarining kasbiy mahoratini va malakasini oshirib borish, O‘zbekiston chempionati va Kubogi uchrashuvlariga muxlislar tashrifini oshirish;
 
- O‘zbek futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar, chora-tadbirlar, O‘FA va PFL faoliyatini yurtimizdagi ommaviy axborot vositalarida va tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida keng yoritib borish, o‘zbek futbolidagi islohotlarga nisbatan keng jamoatchilik fikrini o‘rganish va bu bo‘yicha tahliliy materiallar berib borish.
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!