+20. Qashqadaryoda 3 nafar oila a’zosida koronavirus aniqlandi!

+20. Qashqadaryoda 3 nafar oila a’zosida koronavirus aniqlandi!

?2020 yil 5 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4007 (+20) nafarni tashkil etmoqda.
 
?Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari Buxoro viloyatida (4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan, 1 nafari aholi orasida) 5 nafari Toshkent viloyatida (3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 2 nafari aholi orasida), 4 nafari Qashqadaryo viloyatida (Toshkent shahridagi “O‘rikzor” bozorida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan xodim va u bilan yaqin muloqotda bo‘lgan 3 nafar oila a’zosi) aholi orasida aniqlandi.
 
❗️Ayni paytda yurtimizda 3247 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (81 foizi) sog‘aydi. 
 
‼️Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 744 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!