20 million so‘m evaziga IIB ga ishga kirmoqchi bo‘ldi

20 million so‘m evaziga IIB ga ishga kirmoqchi bo‘ldi

O‘g‘lini ichki ishlar idorasiga “xamirdan qil sug‘urgandek” osongina ishga joylashtirib qo‘yishni quyuq va’da berdi...

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qo‘ldovli mahallasida yashovchi Farid Asamov shu yilning aprel oyida Ismoiltepa mahallasida yashovchi uy bekasi Lutfiya Shamshiyeva (ism-shariflar o‘zgartirildi) bilan uchrashib, uning o‘g‘lini ichki ishlar idorasiga “xamirdan qil sug‘urgandek” osongina ishga joylashtirib qo‘yishni quyuq va’da beradi.

Buning evaziga 50 yoshdagi onaxonning 20 million so‘m pulini olib ketadi. O‘g‘lining IIB ga ishga joylashishini kutaverib toqati toq bo‘lgan L.Shamsiyeva cho‘tlab ko‘rsa, Faridga pulni o‘z qo‘llari bilan berib yuborganiga ham yetti oy bo‘libdi. Lekin, o‘g‘lini ishga joylashtirmoqchi bo‘lgan “uddaburon yigit”dan hamon darak yo‘q. Shunda u qo‘ldovlilik F. Asamovning yolg‘on va’dalar berib, aldov yo‘li bilan pulini o‘zlashtirib ketganini ko‘z oldiga keltiradi va bu haqda ichki ishlar idorasiga murojaat etadi.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!