+18. Bangladeshda qayiq ag‘darilishi natijasida 30 kishi halok bo‘ldi (foto)

+18. Bangladeshda qayiq ag‘darilishi natijasida 30 kishi halok bo‘ldi (foto)

Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi Buriganga daryosida qayiq ag‘darilishi natijasida kamida 30 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda “The Bangladesh Observer” xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, mahalliy vaqt bilan soat 9:30da kattaroq kema bilan to‘qnashgandan so‘ng "Morning Bird" qayig‘i cho‘kib ketgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar 19 erkak, sakkiz ayol hamda uch bolaning jasadini topishgan.

Kemada taxminan 100 kishi bo‘lgan. Favqulodda xizmatlar hozirda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda. O‘lganlar soni ko‘payishi mumkin.

+18. Bangladeshda qayiq ag‘darilishi natijasida 30 kishi halok bo‘ldi (foto)+18. Bangladeshda qayiq ag‘darilishi natijasida 30 kishi halok bo‘ldi (foto)+18. Bangladeshda qayiq ag‘darilishi natijasida 30 kishi halok bo‘ldi (foto)+18. Bangladeshda qayiq ag‘darilishi natijasida 30 kishi halok bo‘ldi (foto)

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!