+111 ta. Xorijdan kelganlar orasida va 2 hududda koronavirus aniqlandi

+111 ta.  Xorijdan kelganlar orasida va 2 hududda koronavirus aniqlandi

🔺2020 yil 11 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12513 (+111) nafarni tashkil etmoqda.
 
🔴Yangi kasallanish holatlarining barcha 34 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 62 nafari Andijon viloyatida (shundan 43 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 19 nafari aholi orasida), 15 nafar Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
❗️Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 140 nafar, Andijon viloyatida 31 nafar, Jizzax viloyatida 10 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar hamda Samarqand viloyatida 5 nafar, jami 193 nafar bemor tuzaldi.

❗️Shunday qilib yurtimizda 7723 (+193) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (61 foiz) sog‘aygan.
 
‼️Hozirda mamlakatimizda 4733 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!