1 fevraldan benzin narxi oshishi mumkin

1 fevraldan benzin narxi oshishi mumkin

Amaldagi Soliq kodeksining 289-3-moddasiga muvofiq joriy yil 1 fevraldan neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga soliq stavkalari miqdorlar oshiriladi.

Jumladan: 

— 1 tonna Ai-80 benzini uchun amalda – 200 ming so‘m bo‘lgan soliq stavkasi 240 ming so‘m bo‘ladi;
— 1 tonna Ai-90 va undan yuqori benzini uchun amalda – 250 ming so‘m bo‘lgan soliq stavkasi 275 ming so‘m bo‘ladi.

Shuningdek:
— 1 tonna dizel yonilg‘isi uchun soliq stavkasi 200 ming so‘mdan 240 ming so‘mga;
— 1 tonna EKO dizel yonilg‘isi uchun esa amaldagi – 180 ming so‘m ustiga yana 36 ming qo‘shilib, 216 ming so‘mga aylanmoqda.

Yakuniy iste’molchiga sotiluvchi tovarlarga solinadigan aksiz solig‘i miqdori 1 tonna benzin uchun 87 ming so‘mga qimmatlashdi (amalda – 378 480 so‘m) va 465 530 so‘m etib belgilandi. Bundan tashqari, 1 tonna dizel yonilg‘isi uchun aksiz solig‘i ham qariyb 80 mingga qimmatlab, (amalda – 346 275 so‘m) 425 918 so‘m miqdorida belgilandi.

Tabiiyki, shu o‘rinda savol tug‘iladi: soliq stavkalarining oshishi iste’molchiga ta’sir qiladimi?

Mazkur o‘zgarishlarni hisobga olsak respublikada ommabop bo‘lgan Ai-80 benzini misolida 1 tonnasi 127 050 so‘mga (QQSni hisobga olganda 146 108 so‘mga) yoki 1 litri 95 so‘mga oshishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!