Zimbabvelik 151 farzandning otasi yana uylanish niyatida

Zimbabvelik 151 farzandning otasi yana uylanish niyatida

Nyandoroning so‘nggi to‘yi 2015 yilda bo‘lib o‘tgan edi. Erkak shu yil iyun oyida yana bir to‘y marosimini rejalashtirgan.

Mishekning bolalarining ellik nafari maktab o‘quvchilari, oltitasi mamlakat Milliy armiyasida xizmat qiladi, ikkitasi huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari, 11 nafari turli sohalar bo‘yicha mutaxassislar, 13 qiz va 23 o‘g‘il oila qurgan.

Erkak ko‘p farzandli bo‘lishni o‘zining foydali loyihasi deb biladi. Bolalar otasini ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan xursand qiladi. Oila asosan Mvurvi tog‘lari yaqinidagi 93 gektar maydonda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi.

Mbire tumanida yashovchi 66 yoshli Mishek Nyandoroning ta’kidlashicha, o‘g‘illardan biri otasining izidan yurib, to‘rtta ayolga uylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!