"Zeus" botnetining asosiy yetakchilaridan biri "Tank" qo‘lga olindi.

"Zeus" botnetining asosiy yetakchilaridan biri "Tank" qo‘lga olindi.

Dunyo bo‘ylab keng tarqalgan "Zeus" bank troyani yaratuvchilaridan biri "Tank" laqabli Ukraina fuqarosi Vyacheslav Igorevich Penchukov Shveysariyaning Jeneva shahrida qo‘lga olindi deb AQSh Federal qidiruv byurosi (FBI) xabar bergan.

"Tank" 10 yil davomida eng ko‘p qidiruvga berilgan xaker sifatida qayd etilgan.

AQSh Adliya vazirligi Penchukovni birinchi marta 2012 yil bank hisob raqamlarini "Zeus" bank troyani orqali o‘g‘irlab, millionlab AQSh dollarini xakerlar boshqaruvidagi hisob raqamlarga o‘tkazishda ayblagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!