"Zelenskiy uchun dahshatli tush". Ukraina AQSh tahdididan ogohlantirildi

"Zelenskiy uchun dahshatli tush". Ukraina AQSh tahdididan ogohlantirildi

Respublikachi senator Jey Di Vensning AQSh vise-prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lishi Vladimir Zelenskiy uchun dahshatli tush bo‘ladi, deb yozadi britaniyalik jurnalist va boshlovchi Jon Sopel X ijtimoiy tarmog‘ida.

“Donald Tramp vise-prezidentlikka nomzodini tanlagani Zelenskiy uchun qanday dahshatli tush. Jey Di Vens Ukrainaga soliq to‘lovchi dollarlarni yuborishga Trampdan ko‘ra ko‘proq dushmanlarcha muomalada bo‘ladi”, — deb yozadi Sopel.

Prezidentlikka nomzod Donald Tramp seshanba kuni Respublikachilar partiyasining qurultoyida noyabrdagi saylovlarda g‘alaba qozonsa, Ogayo shtatidan senator Vensni vise-prezident lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatishini ma’lum qildi. Biroz vaqt o‘tgach, Respublikachilar partiyasi qurultoyi bu lavozimga Vens nomzodini ko‘rsatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!