Zaxira baloniga yashirilgan 20 million so‘mlik ukrop urug‘lari fosh etildi

Zaxira baloniga yashirilgan 20 million so‘mlik ukrop urug‘lari fosh etildi

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, yurtimizga olib kirilgan o‘simliklar urug‘lari rasmiylashtiruvida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq karantin ruxsatnomasi, muvofiqlik sertifikati va sanitariya-epidemiologiya markazi xulosalari talab etiladi.

Ammo mo‘may daromad ilinjidagi ayrim shaxslar bu kabi tartib-taomillarni chetlab o‘tishga urinishmoqda, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan fuqaro T.D. boshqaruvidagi “Mercedes Benz” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada avtomashina zaxira baloni hamda salon qismidagi sumkalar ichida og‘zaki so‘rovda aytilmagan va yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 20 million so‘mlik jami 50 dona paketda ukrop urug‘lari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!