Yurtimizda bugun ham koronavirusdan tuzalganlar 1000dan oshdi

Yurtimizda bugun ham koronavirusdan tuzalganlar 1000dan oshdi

Bugun mamlakatimizning 10 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 448 nafari sog‘aydi.  

Jumladan, bemorlarning 1 104 nafari Toshkent shahrida, 256 nafari Toshkent viloyatida, 22 nafari Qashqadaryo viloyatida, 21 nafari Samarqand viloyatida, 17 nafari Sirdaryo viloyatida, 10 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 5 nafar Xorazm viloyatida, 2 nafari Navoiy viloyatida hamda yana  2 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi. 

Shunday qilib, mana to‘rt kundirki, yurtimizda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni ming nafardan oshmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 11 avgust kuni 1 098 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi. 12 avgust kuni mamlakatimizning turli hududlarida 1 569 nafar bemor tuzalib, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord natija qayd etilgan edi. Kecha, 13 avgust kuni esa “COVID-19”dan 1 554 nafar bemor sog‘aydi. Bugungi kunga kelib, yurtimizda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 28 661 nafarga, sog‘ayish ko‘rsatkichi esa 84 foizga yetdi. 
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!