AQShda polisiyachi xonadonni adashtirib, harbiy-havo kuchlarining 23 yoshli uchuvchisini otib o‘ldirdi

AQShda polisiyachi xonadonni adashtirib, harbiy-havo kuchlarining 23 yoshli uchuvchisini otib o‘ldirdi

Zo‘ravon fuqaroni qo‘lga olish chaqirig‘iga javoban yetib kelgan polisiyachi eshikni ochgan qora tanli erkakka qarata o‘q uzdi. Erkak qo‘llarini ortga yashirgani unda shubha uyg‘otgan. Aniqlanishicha, polisiyachi xonadonni adashtirib yuborgan, halok bo‘lgan erkak AQSh Harbiy havo kuchlarining 23 yoshli uchuvchisi bo‘lgan.

Haqiqiy tartibbuzar o‘q ovozini eshitib, qochib ketgan. Hozirda polisiyachi xizmatdan chetlashtirilgan bo‘lib, allaqachon o‘z nishoni va to‘pponchasini topshirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!