Yurtimizda 1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Yurtimizda 1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Adliya vazirligi O‘zbekiston 1 oktyabrdan qonunchiligida nimalar o‘zgarishi haqida ma’lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra, 2022 yil 1 oktyabrdan:

- Kasanachilarga ajratiladigan subsidiya miqdori oshiriladi.

- Bolalar uchun mo‘ljallangan tele- va radiomahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

- Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishga 1 milliard so‘mgacha grant ajratiladi.

- Ayrim sohalarda davlat kosmik monitoringi yo‘lga qo‘yiladi.

- Qoraqalpog‘istondagi yosh tadbirkorlarga 7 yilga qarz beriladi.

- Ko‘p kvartirali uy-joylarning zilzilabardoshligi tekshiriladi.

- Bolalarning qonuniy vakillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Pensiya jamg‘armasiga elektron beriladi.

- AKT sohasidagi o‘quv kurslari uchun ta’lim krediti ajratiladi.

- Mol-mulkka taqiq qo‘yilganligi to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki joriy etiladi.

- “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tarbiyachilari malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.

- “Insofsiz ijrochilarning yagona reestri” yuritiladi.

- Ko‘zi ojiz bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari tashkil qilinadi.

- Quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda quyosh suv isitish qurilmalarini 3 yil mobaynida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish imkoniyati yaratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!