Yosh bolani qutqarib, o‘zi cho‘kib ketgan 18 yoshli talaba mukofotlanadi

Yosh bolani qutqarib, o‘zi cho‘kib ketgan 18 yoshli talaba mukofotlanadi

Boshqird agrar universitetining sobiq birinchi kurs talabasi, marhum Hojimurod Qalandarovga vafotidan keyin "Jasorat uchun" medali topshiriladi.

Tegishli buyruq Boshqirdiston Favqulodda vaziyatlar davlat qo‘mitasi boshlig‘i Farit Gumerov tomonidan tasdiqlangan.

Yigit 2020 yil 7 iyunda qahramonlarcha halok bo‘lgan. Hojimurod do‘stlari bilan daryo bo‘yidagi plyajda dam olayotgandi va ko‘lga cho‘kayotgan bolalarni ko‘rdi. U do‘sti bilan yosh yigitlarni qutqardi, lekin o‘zi suvdan chiqa olmadi va cho‘kib ketdi.

Muhojirlar jamiyati advokati Azamat Tagirov yosh qahramonni medal bilan taqdirlashni taklif qildi.

Hojimurod Qalandarov Boshqird agrar universitetining talabasi edi, u Ufaga o‘qish uchun kelgan va fojia paytida birinchi kursni tugatgan, endigina 18 yoshda edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!