Yil boshidan beri 376 marta yo‘l harakati qoidasi buzgan haydovchi bitta ham jarimani to‘lamagan

Yil boshidan beri 376 marta yo‘l harakati qoidasi buzgan haydovchi bitta ham jarimani to‘lamagan

Tojikiston ichki ishlar vazirligi davlat avtoinspeksiyasi tomonidan o‘tayotgan yilda Dushanbeda yo‘l qoidalarini buzish bo‘yicha rekordchilar nomi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra o‘tayotgan yilda Forland rusumli avtomobil egasi 376 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan va biror marta ham jarimasini to‘lamagan. Ushbu avtoulov poytaxtdagi I. Somoniy tumanining kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha davlat muassasasi balansida bo‘lgan.

Dushanbelik N. Mavzudov esa fuqarolar orasida bu borada yetakchi bo‘ldi. U o‘zining Opel Astra sida 178 marta qoida buzib, umuman jarima to‘lamagan.

Ushbu qoidabuzarliklarning barchasi shaharga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari orqali qayd etilgan.

Ayni paytda Dushanbeda ham Xavfsiz shahar loyihasi joriy etilgan. U Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 22 mln. AQSh dollariga teng bo‘lib, shundan 20,9 millioni SHHT doirasida Xitoy tomonidan uzoq muddatga imtiyozli asosda berilgan.

Ushbu mamlakat moliya vazirligining xabar berishicha, kredit yo‘l harakati qoidalarini buzganlardan undirilgan jarimalar evaziga qaytariladi.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!