Yigitini kaltaklagan 20 yoshli mashhur aktrisa qamoqqa olindi (foto)

Yigitini kaltaklagan 20 yoshli mashhur aktrisa qamoqqa olindi (foto)

“Disney”ning 20 yoshli yosh yulduzi Ronni Xouk sevgilisini kaltaklagani uchun qamoqxonaga yo‘l oldi, deb xabar beradi TMZ.

Ma’lum bo‘lishicha, "Xarlining hayoti" sitkomining sobiq yulduzi o‘zining sevgilisi Mayls Fellonni kaltaklagan. Ta’kidlanishicha, Los-Anjeles polisiyasi uydagi zo‘ravonlik haqida xabar olgan.

Aktrisaning uyiga etib borgan polisiyachilar 21 yoshli Fellonni tanasida ko‘kargan izlar bilan topishgan. Ronni esa hibsga olingan. Ish tafsilotlari haqida hozircha xabar qilinmagan.

"Xarlining hayoti" filmidagi roli bilan tanilgan aktrisa Ronni Xouk, shuningdek, "Meros", “S. W. A. ​​T:”, “Farishtalar shahrining maxsus kuchlari” hamda "Tumanda" seriallarida rol o‘ynagan.

Yigitini kaltaklagan 20 yoshli mashhur aktrisa qamoqqa olindi (foto)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!