Yaponiyada yo‘qolgan ugandalik sportchi Nagoya stansiyasida kameraga tushib qolgan

Yaponiyada yo‘qolgan ugandalik sportchi Nagoya stansiyasida kameraga tushib qolgan

Polisiyaning dushanba kuni ma’lum qilishicha, o‘tgan hafta Yaponiyaning g‘arbiy qismida Olimpiya oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida yo‘qolgan ugandalik sportchi o‘zi turgan joydan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan JR Nagoya stantsiyasida kameraga tushib qolgan, deb xabar berad Kuodo agentligi.

Osaka prefekturasining Idzumisano shahrida to‘xtagan og‘ir atletikachi Yulius Ssekitoleko juma kuni g‘oyib bo‘ldi. Shahar aholisi va uning jamoasi uni polisiya yordamida qidirmoqda.

Idzumisanoning rasmiy vakillarining so‘zlariga ko‘ra, u «Sinkansen» tezyurar poyezdiga Nagoyagacha chipta sotib olgan. Oldinroq sportchi o‘zi yashagan mehmonxonada Yaponiyada qolish va ishlashni xohlayotgani haqida xat qoldirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!