Yangiyo‘l tumanida 544,8 mln so‘mlik svetdan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni va avtomoyka aniqlandi

Yangiyo‘l tumanida 544,8 mln so‘mlik svetdan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni va avtomoyka aniqlandi

Yangiyo‘l tumanida 544,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni va avtomobillarni yuvish shoxobchasi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT J.D. tuman elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi O.T. bilan o‘zaro til biriktirib, “Navbahor” MFY hududidagi savdo do‘koni va avtomobillarni yuvish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 544,8 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!