Yangi farmon: endi muammolar uyma-uy yurib aniqlanadi

Yangi farmon: endi muammolar uyma-uy yurib aniqlanadi

Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

2019 yil 1 fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlaydi va hal qiladi, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi tizim yaratiladi.

Hududlar mahallalar va xonadonlar kesimida tahlil qilinadi, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa (1 yillik) va o‘rta muddatli tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Ushbu rejalarni ijrosi Prezident Administrasiyasi tomonidan bevosita nazorat qilinadi.

Obod qishloq va Obod mahalla dasturlari doirasida obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari ro‘yxati Xalq qabulxonalari bilan kelishib shakllantiriladi.

Farmon bilan Xalq qabulxonalariga qo‘shimcha huquq va vazifalar yuklandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!