Yana bir "kuyov salom": nahotki shunchalik tubanlashib ketyapmiz, musulmonchilik qayerda qoldi? (video)

Yana bir "kuyov salom": nahotki shunchalik tubanlashib ketyapmiz, musulmonchilik qayerda qoldi? (video)

Ming afsuski, ayni damda yurtimizda yana bir illat tarqalmoqda.

Shu paytgacha "kelin salom" odatga aylantirilib, to‘ylarda o‘tkazilib kelinardi. Buni qarangki, endi kuyovlar ham "salom berishyapti", ya’ni "kuyov salom" tarqalmoqda. Quyida yana bir ana shu holat aks etgan videoni e’tiboringizga havola etamiz.

Aslida, Islom dinida, musulmonchilikda "kelin salom" ham qoralangan. Bu bid’at amal sanalib, insonning inson oldida bosh egishi, unga sajda qilishi qoralangan. Biz musulmon xalqmiz. Nahotki shu narsani anglab yetmasak? Nahotki o‘g‘il o‘stirgan ota-ona o‘g‘lining to‘yda kelinlar kabi "salom" berib o‘tirishiga rozi bo‘lsa. Bu odat qaysidir bir miyasi aynigan insondan chiqqanligi tayin. Nahotki o‘zimizning shaxsiy fikrimiz bo‘lmasa? Nahotki shunchalik tubanlashib ketyapmiz? Afsus!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!