Yaman: hayot-mamot masalasi

Yaman: hayot-mamot masalasi

Yamanda isyonchi xusiylar va hukusmat kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar kuchaydi, deya xabar bermoqda DW. 

BMT vakillari Hadiyda shahrida tinch aholi uchun zudlik bilan yordam ko‘rsatilishi lozimligini aytmoqda. Bu yerda yuz minglab kishi hukumat kuchlari va xusiylarning to‘qnashuvlari o‘rtasida qolgan, ustiga-ustak, hukumat kuchlarini qo‘llab-quvvatlayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalisiya havo zarbalari bermoqda.

Qurolli nizo tufayli uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan yuz minglab odamni boshpana, oziq-ovqat va suv bilan ta’minlashning iloji bo‘lmayapti. BMTning Yamandagi vakili Liz Grandening so‘zlariga ko‘ra, zudlik bilan 900 ming kishiga oziq-ovqat yetkazish lozim.  

Yamanda 2015 yilda boshlangan urush tufayli taxminan 10 ming kishi vafot etdi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!