Yaltada 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi nega zaharlandi?

Yaltada 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi nega zaharlandi?

Yaltada tug‘ilgan kunni nishonlash vaqtida zaharlangan O‘zbekistonning 10 nafar fuqarosi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda shahar ma’muriyati rahbari Aleksey Chelpanov RIA Qrim agentligiga xabar qildi.

Zori Rossii sanatoriyasi yaqinida ob’ekt qurilishi bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarolari tug‘ilgan kunni nishonlashgan va tez ayniydigan mahsulotlarni iste’mol qilishgan. 10 nafar kishi zaharlandi. Bu maishiy holat bo‘lib, tizimli xarakterga ega emas , - deb ta’kidladi Yalta meri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zaharlangan shaxslar sanatoriy ishchilari emas.

Zori Rossii qishki davrda sanatoriya ta’minotini saqlab turishga harakat qilmoqda, shuning uchun boshqa ob’ektlar qurilishida ishlovchi O‘zbekistonning 600 nafar fuqarosiga xonalar taqdim etdi , - deya qo‘shimcha qildi Aleksey Chelpanov.

Zaharlangan shaxslar Yalta shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!