Yahudiylar Netanyahuni siyosatidan rozi emas

Yahudiylar Netanyahuni siyosatidan rozi emas

Yangi o‘tkazilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, Isroil aholisining ko‘pchiligi Bosh vazir Binyamin Netanyahu va uning G‘azoga nisbatan siyosatidan rozi emas.

Surishtiruv natijalarini o‘zida e’lon qilgan Isroilning “Maorif” gazetasida ham 64 foiz isroillik Netanyahuning G‘azo sektoriga nisbatan qo‘llayotgan siyosatidan rozi emasligi haqida yozilgan.

Surishtiruv tashkilotchisi Bonalas Politics markazi yana 29 foiz isroilliklar uning olib borayotgan siyosatidan rozi ekanini bildirsa yana 7 foizi o‘z fikrlarini bayon etmaganliklarini gazetada chop etilgan maqolada aytadi.

Shuningdek, 48 foiz isroilliklar G‘azoda o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli hujumlarni qo‘llab quvvatlasa, 41 foizi buni rad etadi. Va yana 11 foiz kishi bu haqida ma’lum fikri yo‘qligini aytadi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!