Xushxabar! Rossiya koronavirusga qarshi dastlabki dorini taqdim etdi

Xushxabar! Rossiya koronavirusga qarshi dastlabki dorini taqdim etdi

Rossiya Federal Biotibbiy Agentligi koronavirus infeksiyasini davolash uchun "Mefloxin"ni taqdim etdi. Bu haqda 28 mart, shanba kuni “TASS” xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, dori Xitoy va Fransiyada koronavirus infeksiyasini davolash tajribasi asosida ishlab chiqilgan. "Mefloxin" koronavirusning hujayra kulturasidagi sitopatik ta’sirini blokirovka qilishi, shuningdek virus tufayli kelib chiqqan yallig‘lanish reaksiyasini faollashtirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

"Bu turli darajadagi koronavirus infeksiyasi bo‘lgan bemorlarning samarali davolanishini ta’minlaydi", deyiladi ma’lumotda.

 

 

P/S. Eslatma! Har qanday dorini iste’mol qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!