Xristofor Kolumb yerning shaklini nokka o‘xshatgani rostmi?

Xristofor Kolumb yerning shaklini nokka o‘xshatgani rostmi?

2080 yilga kelib, dunyo aholisi taxminan 15 milliard kishini tashkil qilar ekan.

***

Dunyodagi eng baland diniy haykal Xitoyning Bahor ibodatxonasida joylashgan balandligi 128 metr bo‘lgan budda hisoblanadi.

***

Eng toza dengiz - Antarktidaning qirg‘oqlarini yuvadigan Veddell dengizidir.

***

Singapur – dunyodagi eng ko‘p jarima va taqiqlar o‘rnatilgan shahar. Uning ko‘chalarida polisiyachilarni deyarli topib bo‘lmaydi.

***

Shvesiyada uy hayvonlari egalari itlarining bo‘yi o‘sishiga qarab, norvegiyaliklar esa ularning uzunligiga qarab soliq to‘lar ekan.

***

Tibbiyotchi olimlar bir finjon issiq shokolad tomoq og‘rig‘ini tinchlantirib, yo‘talni bostirishini isbotlashgan.

***

Kompyuter so‘zi ularni ixtiro qilinishidan bir necha o‘n yillar oldin paydo bo‘lgan ekan. XX asr boshlarida AQShda kompyuterlar deb arifmometr (yirik mexanik kalkulyator)lardan foydalangan holda matematik hisob-kitoblar bilan shug‘ullanadigan ishchilarga nisbatan aytilgan.

***

Tarixdagi eng qimmat multfilm 1995 yilda amerikalik ijodkorlar tomonidan ishlangan «Tarzan» multifilmidir. Uni ishlashga 145 million AQSh dollaridan ortiq mablag‘ sarflangan.

***

Statistikaga ko‘ra, aka-uka va opa-singillarsiz o‘sadigan kishilarda muvaffaqiyat qozonish ehtimoli ko‘proq bo‘larkan.

***

Aksirish vaqtida tanada ro‘y berayotgan barcha jarayonlar bir zumga to‘xtab olarkan. Hatto yurak ham.

***

Amerikani kashf qilgan ispaniyalik dengizchi Xristofor Kolumb yerning nok mevasi shakliga o‘xshash ekanligiga qattiq ishongan.

***

Chigirtkada mol go‘shtiga qaraganda ko‘proq protein mavjud. Shuning uchun ham Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida yashovchi xalqlarining taomlarida hasharotlar ovqat tarkibining 30 foizini tashkil qiladi.

***

Evropa qit’asidagi eng baland bino – «Laxta-markaz» minorasi bo‘lib, u Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida joylashgan. Dunyodagi yirik kompaniyalardan biri «Gazprom» joylashgan mazkur binoning balandligi 462,7 metrni tashkil etadi.

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!