Xovos tumanida transformator yonib, portlab ketdi

Xovos tumanida transformator yonib, portlab ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xovos tumani "Oq changal" mahallasida transformator yonib, portlab ketganligiga oid videolavha tarqaldi. Tuman hokimligi va "Sirdaryo HETK" AJ tomonidan rasmiy munosabat bildirildi

"Xovos tumani Oqchangal mahallasidagi transformator yonib, portlab ketdi (svetsiz aholiga yana jabr bo‘ldi) nomi bilan e’lon qilingan xabar yuzasidan Xovos tumani hokimligi ma’sul rahbarlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda", — deyiladi Xovos tumani hokimligi Axborot xizmati xabarida. Shuningdek, tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan batafsil ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.

Mazkur holat yuzasidan, "Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati tomonidan ham rasmiy munosabat bildirildi.

"Xovos tumanida "Oqchangal" MFY dagi yong‘in chiqqan transformator punkti "Afrosiyob" podstansiyasi fider "Oqchangal" tarmog‘idagi  №301 transformator punktida 21:29 da yong‘in kelib chiqqanligi haqida ma’lumot Xovos TETK dispetcherlik bo‘limiga ma’lumot kelib tushgan ushbu xududga tezkor gurux 21:47 da yetib borib vaziyatni o‘rgangan.  Transformator punktiga yuklamaning keskin oshib ketishi natijasida transformatorning B fazasi to‘liq yonib ketgaligi aniqlangan, ushbu transformator punkti to‘liq yonib ketganligi sababli tez orada boshqa transformator vaqtinchalik ulash orqali tarmoqdan uzilgan xonadonlarga elektr energiyasi bilan ta’minlanishini ma’lum qilamiz", — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!