Xotini bilan janjallashgan uchuvchi samolyotni u turgan uy ustiga haydadi

Xotini bilan janjallashgan uchuvchi samolyotni u turgan uy ustiga haydadi

Gaboron (Botsvana, Janubiy Afrika) fuqarosi xotini bilan janjallashib qolgach, xususiy samolyotni olib qochgan. Samolyotni boshqarayotib, u to‘g‘ri uy ustiga qulagan.

The Citizen portali xabariga ko‘ra, janjal ularning bo‘lajak farzandi sharafiga uyushtirilgan kechada kelib chiqqan.

Guvohlarning ma’lum qilishicha, er xotinini urgan. Kechada yig‘ilganlar esa undan bayramni tark etishini so‘rashgan. Shundan keyin u samolyotni olib qochib, do‘stiga qo‘ng‘iroq qilgan va xotini uyning aynan qayerida ekanini surishtirgan. Samolyot uy ustiga qulashigacha kecha mehmonlari evakuasiya qilishga ulgurilgan. Hodisada esa faqat uchuvchining o‘zi halok bo‘lib, uy va bir nechta mashina yonib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!