Xotin-qizlar qo‘mitasi raisligidan ketgan Elmira Bositxonova yangi lavozimga tayinlandi

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisligidan ketgan Elmira Bositxonova yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston Prezidentining «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, bosh vazir o‘rinbosari, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, tegishli hokim o‘rinbosarlari sanalgan xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatilgan edi.

«Gazeta.uz»ning xabar berishicha, ushbu lavozimda ishlab kelgan Elmira Bositxonova yangi lavozimga tayinlandi. U mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Avvalroq Prezidentning farmoni bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga Rahmat Mamatov rahbar etib tayinlangani, ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Ikromov uning o‘rinbosari bo‘lgani xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!