Xorazmda qo‘shnilar jangi o‘lim bilan tugadi

Xorazmda qo‘shnilar jangi o‘lim bilan tugadi

2019 yil 19 iyun kuni Xorazm viloyatining Xonqa tumanida yashovchi 26 yoshli S.I. qo‘shnisi 45 yoshli B.T.ning uyida o‘zaro janjal sabab uni tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasiga ko‘ra, B.T. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. S.I. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!