Xorazmda 46 yoshli erkak 57 yoshli ayolning mashinasini o‘g‘irladi, lekin...

Xorazmda 46 yoshli erkak 57 yoshli ayolning mashinasini o‘g‘irladi, lekin...

Xorazm viloyatining Urganch tumanida 2019 yil 12 iyun kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, unda shu yil 30 may kuni Mevazor mahallasida yashovchi 46 yoshli M.Q. mast holda “Abbos” xususiy dorixonasi oldida 57 yoshli M.A. ismli ayolga tegishli, eshiklari ochiq holda kaliti o‘zida qoldirilgan “Spark” rusumli avtomashinani haydab qochib, Arboblar mahallasi hududida A.B. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinaga urilib, to‘qnashuv sodir etganligi ko‘rsatilgan. M.Q. ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!