Xorazm viloyati hokimi senatorga aylandi

Xorazm viloyati hokimi senatorga aylandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov senator etib saylangan.

Shu yilning 27 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisida Farhod Ermanov Senati a’zosi sifatida ro‘yxatga olingan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 30 noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlangandi.

Manba: xs. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!