Xitoyliklar hadisi sharif ko‘rsatmasiga amal qilishga majbur bo‘lmoqda…

Xitoyliklar hadisi sharif ko‘rsatmasiga amal qilishga majbur bo‘lmoqda…

Ha, aynan Islomning shiorlaridan bo‘lgan poklikka va pokiza rizqlardan yeyishga odatlanmagan xitoyliklar hadisi sharifda ta’kidlangan qoidaga, ya’ni bugungi kun ta’rifi bilan aytganda karantinga amal qilmoqda. Va bunga majbur rostdan ham...

Xitoyning Xuangan shahri rahbariyati yangi ko‘rinishdagi koronavirusning yanada tarqalishini oldini olish maqsadida shaharga kiradigan avtomobil yo‘llari va temiryo‘l aloqalarini yopib qo‘ydi. Bu haqda BNO News munisipal ma’muriyat bayonoti asosida xabar berdi.

Taxminan 7,5 million aholi yashaydigan mazkur shahar Xubey provinsiyasi tarkibida bo‘lib, 11 million aholiga ega Uxan bilan yaqin joylashgan. Xabaringiz bor, virus o‘chog‘i aynan shu shaharda boshlangan va birinchi bo‘lib aynan Uxanga kirib chiqish keskin cheklangandi.

23 yanvar yarim tundan boshlab Xuanganda avtobus va poyezd xizmati to‘xtatildi, madaniy, sayyohlik va ko‘ngilochar maskanlar yopildi. Shaharga kirayotgan va shaharda chiqayotgan har bir mashina tekshirilmoqda. Shahar rahbariyati aholiga Xuangandan chiqmaslikni maslahat bermoqda.

Hozir olingan ma’lumotga ko‘ra yuqoridagi ikki shahardan tashqari mamlakat rahbariyati Chibi, Echjou, Syantao, Chjiszyan, Syanszyan, Xuanshi, Enshi va Syannin kabi shaharlar ham yangi turdagi koronavirus sababli vaqtinchalik yopildi.

O‘z navbatida ushbu 8 ta shaharda ham jamoat transportlari qatnovi vaqtinchalik to‘xtatildi.

Tahririyatdan: Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilogan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam “Agar bir joyda vabo tarqalganini eshitsangiz, u yerga bormanglar. Agar o‘zingiz turgan joyga vabo kelsa, u yerdan qochib chiqib ketmanglar!” deganlar.

Imom Ahmad rivoyat qilgan yana bir hadisda u zot sollallohu alayhi vasallam “Ey, Allohning bandalari, davolaninglar! Chunki, Alloh qaysi kasallikni tushirgan bo‘lsa, uning shifosini ham tushirgandir. Faqat bitta kasallik – keksalikning davosi yo‘q” deganlar.

Ushbu ikki hadisdan anglaydigan hikmatimiz shuki, vabo tarqalgan joyga bormaslik, vabo tarqagan joydan qochib chiqmaslik zarur. Shuningdek, har qanday kasallikning davosi bor. Demak, davolanish orqali uni bartaraf etish imkoni har doim mavjud, vallohu a’lam.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!