“Xitoy bu harakatidan uyalishi kerak!”

“Xitoy bu harakatidan uyalishi kerak!”

Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison Xitoy hukumatining “Tvitter”dagi Avstraliya armiyasini ayblangan va afg‘on bolasining bo‘g‘ziga pichoq tutgan avstraliyalik askarning fotosuratini e’lon qigan xabarini tanqid qildi.

Morrisonning so‘zlariga ko‘ra, bularning bari soxta ma’lumotlar.

"Avstraliya ushbu jirkanch xabarni joylashtirgani uchun Xitoy hukumatining uzr so‘rashini kutmoqda, shuningdek, uni zudlik bilan olib tashlashni talab qilmoqda", dedi Bosh vazir Xitoy hukumati o‘z harakatlaridan uyalishi kerakligini qo‘shimcha qilgan holda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!