Xayrulla Hamidov "Lokomotiv" - "Navbahor" o‘yinidagi bahsli vaziyatga izoh berdi

Xayrulla Hamidov "Lokomotiv" - "Navbahor" o‘yinidagi bahsli vaziyatga izoh berdi

Kecha Superliga 2-turidan o‘rin olgan Lokomotiv - Navbahor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinda bahs munozaralarga sabab bo‘ladigan voqealar ham kuzatildi. Hakamlarning qarori borasi bo‘yicha MOQ rahbarining maslahatchisi Xayrulla Hamidov telegramdagi o‘zining sahifasida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

- Men o‘yinni, xususan xavfli vaziyatlarni qaytadan ko‘rib chiqdim. Hakam Serazetdinov Lokomotiv darvozaboniga ishlatilgan qo‘pollikni to‘g‘ri baholagan ekan. Dunyoning istalgan o‘yinida umumqoida bor: jarima maydonchasi ichida darvozabonga barmoq uchiniyam tekkizib bo‘lmaydi. Kasyan esa, harchandki toza o‘ynashga urinmasin, qo‘lini yoyib yubordi va natijada gol urayotgan payti Ilyosovga nisbatan qo‘pol o‘ynab qo‘ydi.

Bunday paytda himoyalanayotgan tomonning foydasiga hukm chiqariladi. Serazetdinovning qaroriga sharh davomida biroz qo‘shilolmagan bo‘lsam-da, takroriy lavhalar bot-bot namoyish etilishi asnosida shubham qolmadi.

Buning ustiga, ikkinchi bo‘limdagi Lokomotiv total ustunlik bilan o‘ynab g‘alabaga haqli bo‘lib ham qoldi.

Namanganlik futbol ishqibozlarini futbolga qo‘shayotgan hissalarini e’tirof etaman, hamisha qoyil qolaman. Ularga cheksiz hurmatimni izhor etgan holda, vaziyatga baribir adolat nuqtai nazaridan qarab shunday deyman: Bu kecha temiryo‘lchilar natijaga yarasha ozgina ustunroq edilar, hakamning qarorlari ham asosli edi.

Eng muhimi, Namanganga, ahli oilalari bag‘riga eson-omon yetib olishlari muhim men uchun...
Natijalar keyingi turdan yaxshilanishiga ishonib qolaman
, - deya yozgan Xayrulla Hamidov.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!