Xalqaro pedofillar tarmog‘i aniqlandi

Xalqaro pedofillar tarmog‘i aniqlandi

Interpol xodimlari 50 nafar bolani qutqarib, xalqaro pedofillar tarmog‘iga aloqador to‘qqiz jinoyatchini hibsga oldi. Bu haqda tashkilot veb-saytida xabar berildi, deydi "Rambler".

2017 yilda boshlangan "Blackwrist operasiyasida taxminan 60 mamlakatning polisiya xodimlari ishtirok etdi. Pedofillar Tailand, Avstraliya va AQShda qo‘lga tushirildi.

Tergov polisiyaga 13 yoshgacha bo‘lgan 11 nafar bolaning ekspluatasiya qilinganligini haqidagi hujjatlar kelib tushgach boshlandi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishcha, bolalar haqidagi ma’lumot pulli hisoblangan saytga qo‘yilgan ekan. Aniqlanishicha, bu saytga dunyo bo‘ylab taxminan 63 ming foydalanuvchi kiradi.

Aniqlanishicha, bu amaliyotning so‘nggi natijalari emas. Qayd etilishicha, yana 100 nafar bolalar qutqarilishi kerak, deydi manba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!