Video: Dunyodagi ilk videoqo‘ng‘iroq bundan 50 yil avval amalga oshirilgan

Video: Dunyodagi ilk videoqo‘ng‘iroq bundan 50 yil avval amalga oshirilgan

Alcoa bosh direktori Jon Xarper va Pittsburg meri Piter Flaerti AT&T’ning Picturepgone Mod II videofoni yordamida amalga oshirilgan ilk tijoriy telekonferensiyada ishtirok etgan.

Servis obuna asosida Pittsburgdagi sakkizta kompaniyada rasman ishga tushirilgan. Nyu-York servisning start shahriga aylanishi kerak bo‘lgan, biroq tarmoqdagi texnik yetishmovchiliklar sabab ushbu texnologiya Pittsburg shahridan tashqariga chiqmay qolgan.

1970 yilda videoaloqadan foydalanish qimmat bo‘lgan. Uni o‘rnatish uchun to‘lanadigan 150 dollardan tashqari, mijozlar 30 daqiqa videoaloqa uchun har yili 160 dollar to‘lashi kerak bo‘lgan (bu 2020 yil hisobi bo‘yicha 1057 dollarga teng).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!