Vazirlik ishdan haydagan boshqarma boshlig‘i sud orqali yana vazifasiga qaytdi

Vazirlik ishdan haydagan boshqarma boshlig‘i sud orqali yana vazifasiga qaytdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘ini g‘ayriqonuniy, deb topilgan. Sud vazirlikdan ishga tiklash, majburiy progul uchun 49 million 573 ming 333 so‘m ish haqi, 20 million so‘m ma’naviy zarar undirish belgilagan.

Fuqaro D.Islomova Bosh prokuraturaga murojaat qilib, mehnat huquqlari tiklanishida yordam so‘ragan.

Bosh prokuratura tomonidan fuqaroning huquqlariga oid masala fuqarolik ishi bilan birga o‘rganilib, Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasining ajrimiga nisbatan taftish tartibida protest keltirildi.

Aytib o‘tish kerakki, fuqaro D.Islomova O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Ta’lim sifatini monitoringi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Lekin u vazirning buyrug‘i bilan ishdan chetlashtirilgan.

U esa sudga murojaat qilib, ishga tiklash, majburiy progul uchun ish haqi va yetkazilgan ma’naviy zarar uchun kompensasiya undirishni so‘ragan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan da’vogarning da’vo talablari qisman qanoatlantirilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘ini g‘ayriqonuniy, deb topish va bekor qilish, ishga tiklash, majburiy progul uchun 49 million 573 ming 333 so‘m ish haqi, 20 million so‘m ma’naviy zarar undirish belgilangan.

Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining ajrimi bilan esa mazkur hal qiluv qarori xulosa qismidagi “Da’vo talabining qolgan qismini qanoatlantirish rad qilinsin” jumlasi chiqarilib, qaror o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasining ajrimi bilan esa hal qiluv qarori hamda apellyasiya instansiyasi sudning ajrimi bekor qilinib, da’vo arizani pad qilish haqida yangi hal qiluv qarori qabul qilingan.

Bosh prokuror o‘rinbosari protesti asosida esa Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ushbu ish ko‘rib chiqildi. 2024 yil 20 avgustda chiqarilgan ajrim bilan Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasining ajrimi bekor qilinib, hal qiluv qarori hamda apellyasiya instansiyasi sudining ajrimi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Ya’ni, D.Islomovani lavozimiga tiklash haqida sudlov hay’atining qarori qabul qilinib, uning mehnatga oid huquqlari tiklandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!