Yaponiyaning Honda avtomobil kompaniyasi Xitoydagi uchta zavodini vaqtincha yopdi

Yaponiyaning Honda avtomobil kompaniyasi Xitoydagi uchta zavodini vaqtincha yopdi

Sotishning keskin kamayishi munosabati bilan Yaponiyaning mashhur Honda avtomobil kompaniyasi Xitoydagi biznesini tartibga solishga qaror qildi.

Yaponiyaning Kyodo axborot agentligi xabariga ko‘ra, Honda Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahridagi barcha uchta zavodda ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatdi.

Vaqtinchalik yopilgan uchta avtomobil zavodining yillik ishlab chiqarish quvvati 720 ming avtomobilga yetadi. Ishlab chiqarishni to‘xtatib, bu zavodlar ba’zi ishchilarni ishdan bo‘shatadi. Dastlab 2000 ga yaqin xodim ishdan bo‘shatiladi.

Hondaning Xitoyda sotuvi hali ham pasayib bormoqda. Bu kompaniyani shunday qaror qabul qilishga undagan sabablardan biri bo‘lgani ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!