Avstraliya Afg‘onistondagi urush paytida 39 kishining o‘limiga aloqador ofiserlarni medallaridan mahrum qiladi

Avstraliya Afg‘onistondagi urush paytida 39 kishining o‘limiga aloqador ofiserlarni medallaridan mahrum qiladi

Avstraliya mudofaa vaziri Richard Marles Afg‘onistondagi harbiy jinoyatlarda ishtirok etgan harbiy xizmatchilarning medallari olib qo‘yilganini ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.

Hisobotda aytilishicha, Avstraliya Qurolli kuchlarining bir necha amaldagi va sobiq ofiserlari Afg‘onistonda harbiy jinoyatlarda ishtirok etganlikda ayblanib, “Buyuk xizmatlari uchun” medallaridan mahrum etiladi. Marlesning ta’kidlashicha, u mukofotlari tergov mavzusi bo‘lganlarga yozgan va ularni Brereton hisoboti tavsiyalari asosida qabul qilingan qarorlar haqida xabardor qilgan.

Vazirning ta’kidlashicha, Avstraliyaning Afg‘onistondagi harbiy jinoyatlari bo‘yicha jinoiy tergov davom etmoqda va aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin, garchi jarayon yillar davom etishi mumkin.

Tekshiruv natijalari to‘g‘risida kamida 15 nafar xodimga xatlar yuborilgan, ammo ulardan 10 dan kamrog‘i o‘z mukofotlaridan mahrum bo‘ladi. Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, harbiy jinoyatlarda ayblanayotganlarning o‘zlari emas, rahbarligida jinoyat sodir etilgan qo‘mondonlar jazolanadi.

Avstraliya qo‘shinlari 2001 yilda Afg‘onistonga kiritilgan, 1500 ga yaqin askar Uruzgan provinsiyasi, Tarin Kot shahridagi bazada joylashgan. Baza 2013 yil dekabrida yopildi va harbiylar Avstraliyaga qaytdi.

Maxsus kuchlar askarlari tomonidan sodir etilgan urush jinoyatlari bo‘yicha tergov 2016 yilda boshlangan. Unda 39 ta qotillik va 2 ta shafqatsiz muomala holatlari aniqlangan, buning natijasida 25 nafar harbiy xizmatchiga nisbatan ayblovlar qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!