Italiyada smartfon va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun yosh cheklovlari joriy etilishi mumkin

Italiyada smartfon va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun yosh cheklovlari joriy etilishi mumkin

Pedagog Daniele Novaro va bolalar psixoterapevti Alberto Pellay boshchiligidagi tashabbus guruhi Italiya hukumatiga 14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun smartfon egaligi va 16 yoshgacha bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash taklifi bilan murojaat qildi.

Bu taklif bir qator taniqli shaxslar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. Tegishli petisiya ko‘plab madaniyat vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, deb xabar beradi ANSA.

Psixologlarning ta’kidlashicha, gadjetlar bolalar salomatligiga salbiy ta’sir qiladi - jismoniy va hissiy. Shu munosabat bilan shaxsiy smartfon sotib olishning eng kichik yoshini 14 yosh, ijtimoiy tarmoqlarda profil yaratish uchun esa 16 yosh deb belgilash taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 10 sentyabr kuni Avstraliya bosh vaziri bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish uchun eng kam yosh 14 yoshdan 16 yoshgacha belgilanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!